IDALGO

IDALGO (ispancha hidalgo) — oʻrta asrlarda Ispaniyadagi ritsarlarning mayda va oʻrta tabaqasi. «Idalgo» istilohi 12-a. ning oxirida paydo boʻlgan. Rekonkista davrida Idalgolar muhim harbiy kuch sanalgan. 15-a. dan Idalgolar qashshoqlasha boshlagan. 16-a. da I. lar Amerika qitʼasini bosib olishda — konkistala faol ishtirok etganlar.