IGNITRON

IGNITRON (lot. ignis — olov va (elektr) ron) — simob katod va boshqariladigan yoy razryadyam bir anodli ion asbob. Ishi gazlardagi yoy razryadga asoslangan. Ignitronda kremniy karbidi yoki bor karbididan qilingan qoʻshimcha elektrod — yoqqich ishlatiladi. Yoqqichga kuchlanish berilganda yoqqich bilan simob katodning tutashgan qismida uch-kun chiqadi. Shunda asosiy anod yoy razryadini xrsil qiladi. Yoqish kuchlanishi fazasini asosiy kuchlanish fazasiga nisbatan oʻzgartirib, Ignitrondan oʻtuvchi tok miqdorini boshqarish mumkin. Ignitron metall va shisha qobiqii qilib ishlab chiqariladi. Metall qobiqli Ignitron tok kuchining oʻrtacha qiymati 20—700 a (anoddagi kuchlanish amplitudasi 5 kV gacha), shisha qobiqli Ignitronda — 100 a gacha (5 kV) boʻladi. Ignitron kuchli toʻgʻrilovchi qurilmalar, elektr yuritmalar, elektr payvandlash qurilmalari, t. y. lardagi kichik elektr st-yalari va b. joylarda ishlatiladi. Ignitron oʻrniga yarim oʻtkazgichli qurilmalar ham ishlatilmoqda.