IGNATYEV MISSIYASI

IGNATYEV MISSIYASI — rus podsho qukumati tomonidan Xiva xonligi va Buxoro amirligi bilan siyosiy hamda savdo munosabatlari oʻrnatish bahonasida, aslida josuslik maqsadida polkovnik N. P. Ignatyev boshchiligida yuborilgan elchilar missiyasi (1858). Ignatyev missiyasi 1858-y. mayida 50 kishilik qoʻriqchi otryad bilan Orenburgdan chiqib, Amudaryo yoqalab, iyul oyida Xivaga keladi va xon hukumati bilan savdo shartnomasi tuzadi. Soʻngra Buxoroga kelib im-tiyozli savdo shartnomasi tuzishga, zindonda yotgan rus fuqaro va asirlarni ozod etishga erishadi. Ignatyev missiyasi toʻplagan maʼlumotlar Turkistonning Rossiya tomonidan istilo etilishida muhim rol oʻynagan.