IGNALAR MINTAQASI

IGNALAR MINTAQASI — yer sunʼiy yoʻldoshi yordamida maʼlum balandlikka konteynerda chiqarilib, Yer atrofiga sochib yuboriladigan kalta mis yoki volfram tolalardan iborat kat-lam. Ignalar mintaqasi radiorele aloqalarida maxsus yoʻnalishga ega boʻlmagan toʻlqin tarqatish uchun passiv retranslyator vazifa-sini bajarishi mumkin. Yer sirtining istalgan nuqtalari orasida radioaloqa bogʻlash uchun 4000 km balandlikka ekvatorial qutb tekisligidagi ikkita Ignalar mintaqasi yetarli. Undan bir necha yil foydalanish mumkin. U arzon va ishonchli, lekin radiosignallarni hamma tomonga sochgani uchun qabul qilinayotgan signal kuchsiz boʻladi, xabarlar sekin uzatiladi. Ignalar mintaqasi yer sunʼiy yoʻldoshlari uchun xavfli boʻlishi mumkin.