IGNA BURNI OQIMI

IGNA BURNI OQIMI, Agulyash oqimi — Hind okeanidagi iliq oqim, Afrikaning jan. sharqiy qirgʻoklarida, 25 va 40° sh. k. lar oraligʻida Mozambik va Madagaskar dengiz oqimlarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Tezligi yil fasllariga qarab 0,7 dan 3 km/s gacha oʻzgarib turadi. Igna burni oqimi Fapbiy Shamollar nomli dengiz oqimi bilan uchrashgach, okean tubiga ketadi. Suv t-rasi fev. da 20—27°, avg. da 16—22°. Shoʻrligi 35,5%».