IVCHENKO Aleksandr Georgiyevich

IVCHENKO Aleksandr Georgiyevich [1903.10. (23).9, Zaporojye viloyati, Tokmak sh. — 1968.30.4, Zaporojye] — aviatsiya dvigatellari konstruktori, Ukraina FA akad. (1964-y. dan), Mehnat Qahramoni (1963). Xarkovdagi mexanikamashinasozlik in-tini tugatgandan soʻng (1935) aviatsiya z-dida ishladi. Tajribakonstruktorlik byurosida asosiy konstruktor (1945-y. dan), bosh konstruktor (1963-y. dan). Aviatsiyada ishla-tiladigan bir qator porshenli, turbo-reaktiv va turbovintli dvigatellar yaratdi. U yaratgan dvigatellar koʻplab samolyot va vertolyotlarga oʻrnatilgan.