IVANOVO

IVANOVO (1932-y. gacha IvanovoVoznesensk) — RF dagi shahar (1871-y. dan), Ivanovo viloyati markazi. Uvod daryosi (Klyazma irmogʻi) sohilida. T. y. tuguni. Axoliyey 472 ming kishi (1994). Shahar 19-a. ning oxiridan Oʻrta Osiyoning arzon paxta xom ashyosi asosida toʻqimachilik sanoatining yirik markaziga aylandi. Mashinasozlik, yengil, kimyo, yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. 7 oliy oʻquv yurti (shu jumladan un-t), 3 teatr, oʻlkashunoslik, chit va badiiy muzeylari, filarmoniya bor.