IVANOV Sergey Nikolayevich

IVANOV Sergey Nikolayevich (1922.11.4 — Sankt-Peterburg —1999.20.3) — rus turkiyshunosi, tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), filol. fanlari d-ri (1970), prof. (1971). Leningrad untining sharq f-tini tugatgan (1951). Buxoro pedagogika intida oʻkdguvchi, rektor oʻrinbosari (1951—53), Leningrad untida oʻqituvchi (1953—71), kafedra mudiri (1972-y. dan). Ivanovning ilmiy ishlari turkiy tillar grammatikasi, oʻzbek adabiy tili va tarjima nazariyasi masalalariga bagʻishlangan («Oʻzbek tili sintaksisidan ocherklar», 1959; «Abulgʻozixonning «Shajarai turk»i. Grammatik ocherk», 1969; «Turktili grammatikasi kursi», 1—2 qism, 1975, 1977 va b.). I. Alisher Navoiyning yuzlab gʻazal, ruboiy, fard, qitʼa, tuyuqlarini rus tiliga tarjima qilgan. Shoirning rus tilida chiqqan 10 jildli (1968—70) asarlarida muxarrir sifatida ishtirok etgan. Bundan tashqari, I. Lutfiy, Gadoiy, Sakkokiy, Nodira, Muqimiy kabi mumtoz shoirlar b-n bir qatorda yangi adabiyotimiz vakillari Hamza, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Usmon Nosir, Uygun, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va b. shoirlar sheʼriyatidan namunalarni xam rus tiliga tarjima qilgan. Ivanov tarjimalari orasida ikki asar tarjimasi alohida diqqatga sazovor. Ulardan biri 11 – a. ning bukj madaniy yodgorligi hisoblanadigan Yusuf Xos Hojibning «Qutadgʻu bilig» (1990-y. da tarjima qilingan) asari boʻlsa, ikkinchisi Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» (1970-y. da tarjima qilingan) dostonidir. Har ikki tarjima ham ilmiy jamoatchilik tomonidan yuksak baholangan.