IVANOV Platon Ivanovich

IVANOV Platon Ivanovich (1891 — 1968) — psixolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1968), prof. (1938), 1927-y. dan Oʻzbekistonda. Dastlab Samarkanddagi Oʻzbek oliy ped. institutida dars bergan. Nizomiy nomidagi Toshkent ped. institutida ped. (1930—39), psixologiya kafedralari (1939—68) mudiri. Shu in-tda psixologiya lab. ni ochgan va unga rahbarlik qilgan. Psixologiyaning turli masalalariga, xususan, iroda va xarakter tarbiyasiga oid bir necha asarlari, ped. institutlari talabalari uchun darsliklari nashr etilgan.