IVANOV Konstantin Vasilyevich

IVANOV Konstantin Vasilyevich [1890.15. (27).5 — Belebeyevsk tumani, Boshqirdiston — 1915.13. (26).3] — chuvash shoiri. Chuvash adabiyoti asoschisi, muallim. Chuvash oʻrta maktablari uchun oʻquv qoʻllanmalari va alifbo tuzishga hissa qoʻshgan. Ilk ijodi 1905—07 y. lar rus adabiyotidagi sheʼr va asarlarini chuvash tiliga tarjima qilishdan boshlagan. «Ikki qizim», «Ochlik ertaklari», «Temir iylagich» va «Beva» balladalari, «Shaytonning kuli» fojia va b. publitsistik sheʼrlar muallifi. «Narspi» (1908) dostoni haq-huquqsiz chuvash ayoli haqida. Ivanov chuvash sheʼriyatida birinchi boʻlib sillabiktonik sheʼr tizimini qoʻllagan.