IVANOV Aleksey Ivanovich

IVANOV Aleksey Ivanovich (1885 — 1958) — mexanik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbo-bi (1944), prof. (1938), Toshkentdagi gimnaziyani (1898—1906), Germaniyaning Tyubingen sh. dagi un-tni va Karlsrue (Baden) politexnika in-tini (1906—12), Peterburg politexnika in-tini (1917) tugatgan. Germaniyadagi Karlsrue mashinasozlik z-dida muhandiskonstruktor (1912—14). Yoqilgʻi boʻyicha Turkiston vakili (Turktop) taklifiga binoan Toshkentda ishladi (1917—19). 1919-y. dan Turkiston untida, Oʻrta Osiyo Paxtachilik-irrigatsiya politexnika in-ti (SAXIPI)da, Oʻrta Osiyo Energetika intida, Oʻrta Osiyo Industrial intida, Toshkent Politexnika intida ishladi. Bir necha oʻquv qoʻllanmalari tuzdi.