IVANIN Yegor Ivanovich

IVANIN Yegor Ivanovich (1918.18.1, Tyumen viloyati, Sladkovorni, 1979.8.6, Jizzax) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1939-y. dan Samarqand viloyatining Zomin tumanida yashagan, traktorchi boʻlib ishlagan. 1938—40-y. lar armiyada. 1941-y. dan frontda. 1-Boltiqboʻyi frontining 14tankka qarshi qi-ruvchi artilleriya brigadasining batareya komandiri. Ivanin 1944-y. 21 avg. da Litvaning Shaulyay sh. uchun boʻlgan janglarda jasorat koʻrsatgan. 1945-y. 24-martda Kahramon unvoniga sazovor boʻlgan. Urushdan keyin Jizzax viloyatidagi jamoa xoʻjaliklarida, keyin Jizzax sh. z-dlaridan birida shofyor boʻlib ishlagan.