IBROHIMOVA Rixsixon Ismoilovna

IBROHIMOVA Rixsixon Ismoilovna (1937.29.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1979). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1959). 1956-y. dan Hamza teatri (hoz. Oʻzbekiston milliy akad. drama teatri) da. Ibrohimova lirik-dramatik aktrisa boʻlib, yaratgan obrazlari kuchli dramatizmi, hissiyotlarning chuqurligi, mukammal nutq va plastik ifodaviyligi b-n ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Feru-za, Gavharshodbegim («Mirzo Ulugʻbek»), Guli («Alisher Navoiy»), Ofeliya, Kardeliya, Emiliya («Hamlet», «Qirol Lir», «Otello»), Ozoda, Gulyuz («Imon», «Qotil»), Hemnolini («Gang daryosining qizi»), Nazmi («Kuyov»), Yorqinoy («Momo xotin»), Bibisalima («Mashrab»), Huri aya («Boshi qotgan oshiqlar») va b. Shuningdek, bir kator videofilmlarda — Fazilat («Diyonat»), ona («Dunyoning ishlari», «Alisher Navoiy»); kinoda — Oyxon («Integral»), Toshbonu («Shumbola»), Rixsi aya («Seni izlab»), Xosiyat («Farish-talar olov ichida»), Boʻston («Kelinlar qoʻzgʻoloni»), kampir («Yuzsiz»), Qurbonbibi («Kecha va kunduz») kabi obrazlarni yaratgan. «Mehnat shuhrati» or-deni bilan mukofotlangan (1997).