IBROHIMOV

IBROHIMOV Shukur (1927. 5.3, Toshkent) — seleksionergenetik olim, qishloq xoʻjalik fanlari d-ri (1974), prof. (1976), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1972). Toshkent qishloq xoʻjalik in-tini tugatgan (1948). 1948-84 y. larda Oʻzbekiston FA Oʻsimliklar genetikasi va fiziologi-yasi, Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi, Paxtachilik i. t. in-tlarida ilmiy xodim, lab. mudiri (1965-y. dan), q. h. boshqaruvi idoralarida rahbarlik la-vozimlarida ishladi. VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi raisi oʻrinbosari (1984 — 90), «Paxta» IIB bosh direktori (1990—92), Oʻzbekiston Paxtachilik i. t. in-ti direktori (1992—95). 1995-y. dan Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi i. t. intida ilmiy maslahatchi va gʻoʻza mutagenezi lab. mudiri. Ilmiy ishlari gʻoʻza seleksiyasi, genetikasi, biologi-yasi, urugʻchiligi, agrotexnikasi va b. masalalarga bagʻishlangan. Ibrohimov gʻoʻzaning serhosil va r-nlashtirilgan S—6029, S-6030, S-6037, S-6040, Termiz 14, Termiz 16, Qizil Ravot, S—2602, Uychi 2 va Andijon 60 navlarining hammuallifi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1987).

As: Ostroye oblucheniye rasteniy, mutagenez i seleksiya xlopchatnika, T., 1976; Otdalyonnaya gibridizatsiya xlopchatnika, izlucheniye i rekombinogenez, T., 1985.