IBROHIMOV

IBROHIMOV Neʼmatulla (1945.8.8, Margʻilon) — sharqshunos, manbashunos olim, jamoat arbobi. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990). Filol. fanlari d-ri (1984), prof. (1985). Toshkent un-tining sharq, f-tini tugatgan (1970). Shu un-tning arab, filol. kafedrasida oʻqituvchi, dotsent, prof. (1970 — 85), kafedra mudiri (1986-y. dan), sharq f-ti dekani (1989-91), Toshkent sharqshunoslik in-ti rektori (1991-y. dan). Ibrohimov arab manbalari boʻyicha Oʻrta Osiyo tarixini oʻrganish, arab xalq romanlari janr va uslubiy qurilishi boʻyicha i. t. lar olib bordi. Ibrohimovning asarlari Sharq va Gʻarb tillaridagi nodir manbalarning chuqur tahliliga asoslangan. Ibrohimov manbashunoslikda yangi yoʻnalishlardan biri — Sharq badiiy tafakkuri va elitar madaniyatlarning uzviy yagonaligi haqidagi konsepsiya asoslarini yaratdi.

I. Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyati kengashi raisi (2001-y. dan), «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» Bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997-y. dan). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Oʻzbekistondan chetga olib ketilgan va xalq boyligi boʻlgan arxiv hujjatlarini qaytarib olib kelish boʻyicha maxsus komissiya raisi (2001). Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati (1995-y. dan).

As: Arabskiy narodnыy roman, M., 1984; Ibn Battuta va uning Oʻrta Osiyoga sayohati, T., 1993; Oʻrta asr arab xalq adabiyoti, T., 1994; Pozdnesrednevekovыy arabskiy knijnыy epos, T., 1994.