IBROHIMOV Lekim Hakimovich

IBROHIMOV Lekim Hakimovich (1945.21.12, Olmaota viloyati) — Oʻzbekiston xalq rassomi (2001), Oʻzbekiston BA akad. (1999). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1977). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida dars bergan (1977—87). Ibrohimov ijodida Sharq mavzui asosiy oʻrin tutadi, xalq ertak va dostonlari, oʻzbek va uygʻur mumtoz sheʼriyati asosida yaratgan asarlari oʻzining lirik ohangi, mazmuni bilan eʼtiborni tortadi: «Amir Temur», «Alisher Navoiy», «Bobur» va b. port-retlari, «Oʻzbek xalq ertaklari», «Soʻqoq qizlari» turkum asarlari va b. Rassomning ijodiy falsafasi Oʻrta Osiyo, qad. Sharq madaniyati bilan uzviy bogʻliq («Koʻk boʻrini emayotgan bolakay», 1989; «Qiz. Xonatlas», 1990; «Ipak yoʻli», 1997; «Sharq goʻzali», 1998 va b.). I. ning xorijiy mamlakatlarda shaxsiy koʻrgazmalari uyushtirilgan, xalqaro va respublika koʻrgazmalarida asarlari bilan ishtirok etadi. Oʻzbekiston BA Oltin medali bilan taqdirlangan (1998).