IBROHIMOV

IBROHIMOV Aysar (1910.5.5, Asaka — 1989.29.6, Andijon) — Oʻzbekiston xalqartisti (1970). Ijodiy faoliyatini Asaka havaskorlar teatrida boshlagan (1929). 1931-33 y. lar Hamza teatri qoshidagi koʻchma Ishchi-yoshlar teatri, Fargʻona teatri, Chust k-z-sovxoz teatrida, 1933-y. dan Andijon teatrida aktyor. Ifoda vositalari (ovoz, mimika, plastika) dan mohirona foydalanish, obraz yaratishda qahramonlarning ichki dunyosini chuqur ochishga intilish Ibrohimov ijodiga xos. Eng yaxshi rollari: Miller («Makr va muhabbat»), Gʻofir («Boy ila xizmatchi»), Davron ota («Davron ota»), Majnun («Layli va Majnun»), Mavlon («Shohi soʻzana»), Abror («Parvona»), Tribule («Qirolning dil xushi»), Lord Mer («Richard III»), Shushu domla («Inson aziz») va b.

Aysar Ibrohimov Majnun rolida («Layli va Majnun»).