IBROHIM LOʻDIY

IBROHIM LOʻDIY (7-1526) – loʻdiylar sulolasining uchinchi va soʻnggi vakili, Dexli sultoni (1517 — 26). 1517-y. otasi Sikandar (1488—1517) vafotidan soʻng taxtga oʻtirgan. Ibrohim Loʻdiy oʻz xukmronligi davrida ichki nizolarga barham berib, markaziy xrkimiyatni mustahkamlagan, qoʻshni Gvalior rojasi Vikramajit va Mevar rojasi Rano Sango ustidan gʻalaba qozongan. Ammo, 1526-y. Bobur bilan boʻlgan Panipat jangida yengilib, xalok boʻlgan.

Ibrohim Loʻdiy davrida mamlakatda ilmfan va madaniyat birmuncha taraqqiy etgan. Oʻsha vaqtlarda bunyod etilgan bir qancha meʼmoriy yodgorliklar hozirgacha saklanib qolgan.