IBODULLAYEV

IBODULLAYEV Sattorxon (1930.2.1 — Jan. Qozogʻiston, Turkiston sh., Qar-noq qishlogʻi) — geolog olim. Oʻzbekistonda (1975), Qoraqalpogʻistonda (1994) xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Geol. mineralogiya fanlari d-ri (1976), prof. (1979). Oʻrta Osiyo un-tining geologiya f-tini tugatgan (1951). 1953—67 y. larda ToshDU da ishlagan. Oʻrta Osiyo geol. va xom ashyo ilmiy tad-qiqot in-ti direktori (1976 — 81), ToshPI geol. va razvedka ftida kafedra mudiri (1981— 83), Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida boshqarma boshligʻi (1983—88), Toshkent irrigatsiya va q. x. mexanizatsiyalash muhandislari in-ti prorektori (1988-92), rektori (1992-95), geodeziya kafedrasi mudiri (1995-y. dan). Ibodullayevning ilmiy ishlari geol.-geodeziya masalalariga bagʻishlangan.