IBODOV Ismoil Yusupovich (1927.25.10 – Andijon – 1998.1.5) xirurg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), tibbiyot fanlari d-ri (1969), prof. (1971). ToshTI (1953). Andijon viloyat kasalxonasi xirurgiya boʻlimida ordinator (1953 — 58), Anjidon tibbiyot in-ti umumiy xirurgiya kafedrasi assistenta, dotsenti, kafedra mudiri va prof. (1958 — 96). Ilmiy ishlari, asosan, meʼda-ichak, jigar va buyrak kasalliklarining kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davolash masalalariga bagʻishlangan. Bolalarda siydik toshini olish operatsiyasida qovuqni yuqoridan kesib, bir qatorli chok solish usulini amalda joriy etgan.