IBODIYLAR

IBODIYLAR, abodiylar — xorijiylar jamoalaridan biri, 7-a. ning 2-yarmida yashagan Abdulloh ibn Ibod (Abod) izdoshlari. Ular oʻz qoʻzgʻolonlari b-n abbosiylarning hokimiyatni egallashlariga yordam berganlar. Hoz. Shim. Afrikada, Ummon, Zanjibarda Ibodiylar jamoalari bor. I. diniy-siyosiy karashlari asosini imomat haqidagi taʼlimot tashkil etadi. Ular yagona imomat gʻoyasini qatʼiy qilib qoʻymasalarda, bir vaqtning oʻzida musulmon olamining turli joylarida bir necha imomlar boʻlishi mumkin, deb hisoblaganlar. Ibodiylarning qarashlarida sunniylar va muʼ-taziliylarning aqidaviy gʻoyalari oʻz ifodasini topdi. Ibodiylar odamlarning qil-mishlarini vujudga keltiruvchi Allohdir, deb biladilar. Ibodiylar siyosiy va diniy sabablarga koʻra kishini oʻldirishni rad etgan (xorijiylarning aqidasi) boʻlsalar ham antropomor-fistlar (xudoni odam qiyofasida ta-savvur qiluvchilar) ni oʻldirsa boʻladi, ularni, xotinlari va bolalarini asir olish, mol-mulklarini oʻlja sifatida qoʻlga kiritish mumkin, deb hisoblardilar. Boshqa xorijiylardan farqli ravishda Ibodiylar musulmonlar orasidan chiqqan oʻz raqiblarini «kofir» sanamasdilar, ular bilan nikohlanishga ruxsat berardilar. Ibodiylar taʼlimotining tarafdorlari koʻpgina musulmon mamlakatlarida bor edi, biroq ular diniy sohada ham, siyosiy sohada ham yak-dil boʻlmaganlar. Ularning diniy eʼtiqod va marosimlari sunniylik va shialikdagi oqim, firqalardagi eʼtiqod va marosimlardan oʻzining ayrim xususiyatlari bilan farq qiladi.