IBODIYEV

IBODIYEV Abduvahob, Mulla Abduvahob Ibodiy (1877, Qoʻqon — 1943) — Oʻzbekistonda maorif tashkilotchilaridan, taraqqiyparvar mu-allim. 23 yoshidan maorif ishlari bilan shugʻullangan. Madrasada tahsil olgach, 1901-y. Qoʻqonda «Maktabi voqiya» («Hayot maktabi») deb nomlangan yangi usuldagi maktab ochdi va oʻzi muallimlik qildi. Keyinchalik maktab «Urfon» («Ilm») deb nomlandi va 1918/19 oʻquv yilidan 1namuna xalq maktabiga aylantirildi. Bu yerda oʻzi mudir va muallim boʻlib ishladi. 1919-y. yetim va muh-toj bolalar uchun Qoʻqonda 100 oʻrinli internat tashkil etildi va Ibodiyev unga mudir qilib tayinlandi. 1923-y. I Qoʻqon sh. maorif boʻlimining topshi-rigʻi bilan 2 bosqichli oʻzbek maktabini tashkil etdi (1-bosqich 1—3 sinf, 2-bosqich 4—5 sinfdan iborat boʻlgan) va shu maktabda mudir hamda muallim boʻlib ishladi. Akad. Tesha Zohidov, shoir va publitsist Shokir Sulaymon va b. shu maktabni tugatganlar. 1927-y. internatlar qayta tashkil etilishi munosabati b-n I. bolalar uyida kariyb 10 y. mudir boʻlib ishladi. Ibodiyev yangi usul maktablari uchun nashr qilingan «Tahsil-ul alifbo» («Alifbo oʻqishi», Toshkent, 1912) alifbe kitobi, «Eʼtiqodi islomiya» («Islom eʼtiqodi», Toshkent, 1914) qoʻllanmasi muallifi. «Mehnat qahramoni» (1936). Qatagʻonga uchrab 1937-y. 16sent. da qamoqqa olingan va oʻsha yerda vafot etgan.