IBN QUTAYBA

IBN QUTAYBA Abu Muhammad Abdulloh ibn Muslim al-Marvaziy (828 — Bagʻdod — taxm. 889) — arab filologi, tarixchi va yozuvchisi. Asli marv (hoz. Turkmanistonning Mari sh.) lik, Bagdodda yashagan. Arab filologiyasining Bagʻdod maktabi asoschisi. Qad. adabiy yodgorliklarni toʻplash, tizimga solish va tanqidiy oʻrganish bilan shu-gʻullangan. «Taqvim ullison» («Tilni toʻgʻrilash»), «Kitob fi xalq il-inson» («Insonning yaratilishi haqida kitob»), «Diyvon ul-kuttob» («Kotiblar devoni»), «Tabaqot ush-shuaro» («Shoirlarning tabaqalari») va b. asarlar muallifi. «Uyun ul-axbor» (10 jildli, «Axborot manbalari») adabiy-tarixiy tazkirasida davlat hokimiyati, qoʻshin xususida, bundan tashqari, yomon xulq-odatlar tanqid qilinadi, maʼrifat, birodarlik, insoniy tuygʻular ulugʻlanadi. Ibn Qutaybaning «Adab ulkotib» («Kotibning sanʼati»), «Ash-sheʼr va-sh-shuaro» («Sheʼriyat va shoirlar») asarida xat va sheʼr sanʼati haqida fikr yuritilgan.