IBN YAMIN FARYUMODIY

IBN YAMIN FARYUMODIY (1286, Huroson, Faryumod qishlogʻi — 1368) — shoir. Otasi amir Yaminiddin Tugʻroyi ham shoir boʻlgan. I. Ya. F. Hurosonda moʻgʻul hukmronligi va ichki zulmga qarshi yuzaga kelgan sarbadorlar harakatiga (14a.) qoʻshilgan, mamlakatdagi dehqonlar, kosib va hunarmandlarning kayfiyatlarini aks ettiruvchi jangovar sheʼrlar yaratgan, qoʻzgʻolonchilarni zulmga qarshi kurashga chorlagan. Qitʼa, gʻazal va ruboiylarda mehnat kishisini ulugʻlagan, mamlakatda tinchlik va obodonchilikni, doʻstlik va ilm-maʼrifatni targʻ-ib qilgan, ilgʻor gʻoyalarni ilgari surib, Sharq sheʼriyatining taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatgan. Qitʼalarini toʻplab «Devoni muqattaot» («Qitʼalar devoni») ni tuzgan.