IBN SINO

«IBN SINO» («Avitsenna») — ilmiy-amaliy xalqaro jur. Ibn Sino xalqaro jamgʻarmasining nashri. 2000-y. dan Toshkentda bir yilda 4-marta oʻzbek, ingliz, rus tillarida nashr etiladi. Jur. ning asosiy vazifasi Ibn Sino shaxsiyati, uning mashaqqatli hayot yoʻli, sermazmun ijodi hamda sinoshunoslik sohasida olib borilayotgan izlanishlar natijalari bilan oʻquvchilarni tanishtirish, olim ilmiy merosining hoz. zamon fani va amaliyotiga ijobiy taʼsirini yoritib borishdan iborat. Adadi 1000 nusxa (2002).