IBN SAUD

IBN SAUD (Saʼud) Abdulaziz ibn Abdurrahmon alfaysal as-Saʼud (1880.24.10, ar-Riyoz – 1953.9.10, at-Toif) — Saudiya Arabistoni qiroli (1932— 53). Saudiylar sulolasidan. Markazlashgan mustabid davlat tuzishga intilgan. 1902—27 y. larda Najd amiri. Arabiston ya. o. dagi Shammar amirligi, Hijoz qirolligi, shuningdek, Turkiya bilan urushlar olib borgan. Ibn Saudning Hijoz bilan olib borgan urushi (1924—25) uning gʻalabasi bilan tugagan. Hijoz, Najd va birlashgan viloyatlar davlati qiroli (1927—32). Arabiston ya. o. da Ibn Saud tuzgan markazlashgan davlat 1932-y. dan Saudiya Arabistoni deb atala boshladi.