IBN MISKAVAYH

IBN MISKAVAYH Abu Ali ibn Muhammad (? — 1030) — arabnavis tarixchi, faylasuf, adib va tabib. Umumjahon tarixiga oid «Kitob tajorib al-umam» («Xalqlar tajribalari kito-bi») nomli asar yozgan. Unda jahon xalqlari, jumladan arablarning 10-a. 80-y. lariga kadar tarixi bayon qilingan boʻlib, asarning soʻnggi qismida Arab xalifaligining 10-a. dagi ijti-moiy-iqtisodiy hayoti haqida qimmatli maʼlumotlar bor. Ilmi axlok, va hikmatga doir «Kitob at-tahora» («Tahorat kitobi»), «Tahziyb al-axloq» («Axloqni tuzatish») nomli asarlar ham Ibn Miskavayh kalamiga mansub. U arab, fors, hind va yunon donishmandlari aytgan hikmatlar toʻplamini ham tuzgan. Ibn Miskavayh asarlari taʼsirida islom dunyosida oʻnlab axloqiy-didaktik asarlar (jumladan, Nasriddin Tusiyning «Axloqi Nasriy») yozilgan.