IBN ISʼHOQ

IBN ISʼHOQ Abu Abdulloh Muhammad ibn Isʼhoq ibn Yasor (704, Madina — 767, Bagʻdod) — tarixchi, muhaddis, Rasululoh (sav) haklarida bizgacha yetib kelgan eng dastlabki siyratnomalardan birining muallifi. 733-y. Misrga koʻchib borgan, 749-y. esa Iroqqa kelib, u yerda muqim yashab qolgan. Ibn Isʼhoqning Bagʻdodda yozib tugallagan «Kitob siyrat Rasululloh» («Rasululloh siyratlari xususida kitob») asari misrlik filolog Ibn Hishom (834-y. vafot etgan) tahriri ostida bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, Ibn Isʼhoq «Al-Magʻoziy» («Gʻoziylar fazilatlari va ular qilgan amali solixlar haqida kitob»), «Al-Mubtadaa» («Ibtido»), «Taʼrix al-xulafo» («Xalifalar tarixi») nomli asarlar ham yozgan. Uning «Tarix al-xu-lafo» asaridan Madoiniy (752—840), Tabariy, Rabgʻuziy kabi mashhur tarixnavis olimlar foydalangan. Mas, Madoiniy Oʻrta Osiyoning arablar tomonidan fath etilish davri tarixiga doir «Kitob futuhoti Huroson» va b. asarlarini yozishda mazkur kitobga ta-yangan.