IBN BAVVOB

IBN BAVVOB, Abu l Hasan Ala-vuddin Ali ibn Hilol (? — 1022) — xattot, olim, husnixat nazariyotchisi. «Qasidai roiya» («Roiya kasi-dasi», 22 baytdan iborat) risolasida xat qoidalari va xattotlik sanʼati haqida qimmatli fikrlarni bayon qilgan. Ibn Bavvob taʼlimotiga koʻra, husnixat inson ijodining samarasi boʻlib, u tasviriy sanʼat qatoriga kiradi. 15-a. da yashagan arab xattoti Muhammad ibn Hasan at-Tibiy oʻzining kotiblar haqidagi «Jomeʼi mahosini kitobat il-kuttob» («Kotiblarning husnixat toʻplami») asarida yozishicha, I. B. Ibn Muqladan keyin xatning 16 turini (jumladan, suls xatining yozuv asoslari va b. ni) ixtiro qilgan va tako-millashtirgan. U ixtiro qilgan arab harfini nuqta bilan oʻlchash qoidalari undan keyingi xat nazariyotchilari, xattotlar uchun asosiy qoʻllanma boʻlgan.

Ad.: M urodov A., Oʻrta Osiyo xattotlik sanʼati tarixidan, T., 1971.