IBN al-ASIR

IBN al-ASIR Izzuddin Abulhasan Ali (1160, Jazirat ibn Umar, Suriya — 1234, Mosul) — arab tarixchisi. Iroqning Mosul va Bagʻdod sh. lari madrasalarida tahsil koʻrgan, soʻng ilm talabida Shom (Suriya) ga safar qilgan. U yerdan qaytgach, butun umrini uzlatda tarixga doir asarlar yozish bilan oʻtkazgan. Eng yirik va muhim asari — «Alkomil fittaʼrix» (Tarix boʻyicha mukammal asar») boʻlib, u 12 jilddan iborat. Unda Islom olamida insoniyat tarixining ilk davrlaridan 1230 i. gacha boʻlgan voqealar, xususan, Huroson va Movarounnahrning 12-a. va 13-a. iing 1-choragidagi tarixi yilma-yil bayon qilingan. Asarning moʻgʻullar is-tilosiga bagʻishlangan soʻnggi jildlari qimmatli manba hisoblanadi. Bu asarning tanqidiy matni Leyden (1851-76) va Misr (1873) da nashr etilgan. Ogahiy uni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ibn al-asir al-A. «Tarix atabikat al-Mavsil» («Mosul otabeklari tarixi»), «Usd ulgʻoba fiy maʼrifat ahvol is-sahoba» («Sahobalar ahvolini bilish xususidagi oʻrmon sherlari yangligʻ qudratli kitob») nomli asarlar ham yaratgan.