IBN al-ARABIY

IBN al-ARABIY Abu Bakr Muhammad (taxallusi; Shayx al-Akbar «Buyuk Shayx») (1165.7.8, Mursiya, Ispaniya — 1240.16.11, Damashq) — arab mutafakkiri va shoiri, sufiylikning koʻzga koʻringan namoyandasi. Falsafiy dunyoqarashiga vaxdat ul-vujud taʼlimoti xos boʻlib, hamma narsaning yagona asosi ilohiy substansiya (ruh, ideya) dir, deb hisoblaydi. Sufiy sifatida Allohni oliy, mutlaq haqiqat holda anglash va unga koʻngilni poklash orqali erishishni tan olgan. Uning «al-Futuhot al-Makkiyya» («Makka gʻalabalari»), «Fusus alhikam» («Hikmatlar durdonasi»), «Kitob as-sabʼa» («Yetti hikmat kitobi»), «Mafotih al-gʻayb» («Gʻayb kalitlari»), «Kitob alhaq» («Haqiqat kitobi») kabi 400 ga yaqin asari bor.