IBN ABD RABBIHI

IBN ABD RABBIHI, Abu Umar Ahmad ibn Muhammad (860.28.11 — Qurtuba — 940.1.3) — arab shoiri, tarixchisi. Arab mumtoz sheʼriyatining barcha janrlarida ijod etgan. U haqidagi maʼlumot Saolibiyning tazkirasida keltiriladi. Ibn Abd Rabbihining «Al-Mumahhisot» («Tozalovchilar») asarida koʻpgina sheʼr va qasidalar jamlangan. U 7—8-a. arab adabiyoti tarixiga oid 25 bobdan iborat «al-Iqd alfarid» («Nodir marjon») nomli tazkira tuzgan. Undan joy olgan arablarning qad. urf-odatlari va tarixiga oid ayrim maʼlumotlar «Islomgacha boʻlgan arab tarixi haqida xabarlar» nomi bilan Parijda 3-marta nashr etilgan (1836, 1837, 1838).