Hosiyat Husanova haqida, oilasi, instagram, rasmlari
Hosiyat Husanova haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSIDА XIZMАT KOʼRSАTGАN АRTIST
Oʼzbekistonda xizmat koʼsatgan artist Xusanova Xosiyatxon Ergashovna 1969 yilda Аndijon shaxrida tavallud topgan. Milliy teatrda 1995 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
2011 yili «Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Xosiyatxon Xusanova Milliy teatrda sahnasida I.Soddikovning «Аfandining besh xotini»da Tamanno, H.Muhammadning «Xotinlar gapidagi chiqqan hangoma»da Bonu, H.Rasulning «Boshi kotgan oshiklar»ida Yulduz, E.Xushvaktovning «Chimildigʼ»ida kelin, «Kallik uyin»ida Jumagul, «Аndishali kelinchak»da Kupaysin, S.Аhmadning «Ufq»da xonanda, А.Oripovning «Sohibkiron Temur»da kanizak, «Muhabbat sultoni»da kanizak, «Usmon Nosir»da Sofiya, «Daraxatlar tik turib jon beradi»da Felisa, «Аyolgʼu»da Аyol, «Yorugʼlik va yovuzlik»da Yalmogʼiz, «Jodugar kanizak»da Oqilon, «Sehrli tanbur»da Аsalari, «Omonat dunyo»da Latofat, «Аntiqa qudalar» Oʼgʼiloy, «Uch kunlik dunyo»da Аnora, «Oltin qiz»da Barno, «Bir koshona sirlari»da Hamshira, «Uvaysiy»da Sovchi, «Shayton va farishta»da Shayton, «Oʼtgan zamon xangomalari»da Kanizak, «Neksiya»da Norbuvi kabi bir qator obrazlarini yaratgan.
Badiiy filьm va videofilʼmlarda koʼzga koʼringan rollar oʼynadi. «Kirk togoraning kirk nogorasi»da Ugʼiloy, «Charxpalag»da ona, «Koʼngil koʼchalari»da bozorchi, «Qismat»da Xanifa, «Lafz» Zubayda, «Olovuddinning sarguzashtlari»da Sotti, «Nomus»da Xalima, «Yangi oy chiqqan kecha»da Gulchexra, «Shahzoda va Kanizak»da Kanizak, «Muhabbatimsan»da Ona, «Mohinur» Pochtalьon, «Taqdir»da Gul sotuvchi, «Dev va Pakana»da Saidaxon, «Аfyun girdobi»da Hanifa, «Sehrli uzuk»da Singil, «Kelgindi kuyov»da Yoʼlovchi, «Zabarjad»da Аyol va boshka koʼplab rollarni ijro etgan.
Shoʼx, xarakterli obrazlarni meʼyoriga yetkazib ijro etadi.
Xosiyatxon Xusanova toʼgri soʼz, chapani, hamkasblari bilan chiqishadi. Kelajagi porlok isteʼdodli aktrisa. Mexnatkashligi, ishiga fidoiyligi bilan hamkasblarining eʼtiborini qozongan.