Shodiya To’xtayeva haqida, oilasi, instagram, rasmlari
Shodiya To’xtayeva haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSIDА XIZMАT KOʼRSАTGАN АRTIST
Аbdukadirova Shodiya Dilshatovna 1983 yilda Toshkentda tugʼilgan. 2014 yil «Oʼzbekiston Respublikasida izmat koʼsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Milliy teatrda 2007 yildan buyon faoliyat yuritib kelmokda. Sh.Tuxtaeva teatr saxnasida namoyish etilgan spektakllarda 30 ga yaqin turli xarakterdagi katta-kichik obrazlarni yaratdi. Jumladan, «Yoz tuni gʼaroyibotlari” spektaklida qiz, «Tun albatta oʼtadi”da qaysar qiz, «Xalala”da kelin, «Аndishali kelinchak”da Olmaxon, «Аyolu”da Fotima, «Omonat dunyo”da Zulayxo, «Jaxon Otin Uvaysiy”da Poshshaxon, «Daraxtlar tik turib jon beradi”da Аmaliya, «Sevaman dedimmi?”da kelin, «Talvasa”da qiz, «Tortadurman jabrini”da makkora qiz, «Oltin qiz”da raqosa, «Katta yutuq”da Mishlin, «Bor ekanda, yoʼq ekan”da Malika, «Qor malikasi” ertagida Malika, «Faridaning dil daftari”da Farida, «Sizsiz oʼtmas kunlarim”da Iroda, «Rustam”da xamrox, «Tanxo yulduzim”da Laylo, «Taqdir sinovlari”da Zemfira, «Omon boʼlgin, azizim”da Kora, «Sulton jaloliddin”da Malika, «Quyoshni sen uyotasan”da Shabnam xamda zamonaviy mavzulardagi insonlarni, ayniqsa, yoshlarni xushyorlikka chorlovchi, narkomaniya, odam savdosi, diniy aqidaparastlik kabi yomon illatlarga arshi spektakllardan «Bir anotlilar”da Zulayo, «Ogo boʼling, odamlar”da Mavjuda, «Oydin”da Oydin kabi obrazlarni maorat bilan ijro etdi. Oʼzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan namoyish etilayotgan milliy seriallardan «aytar dunyo”da Mashura, «Tutash takdirlar”da Dildora, «Bir kam dunyo”da amshira, «Muabbatim, ismatim”da Dildora kabi rollarni ijro etib teletomoshabinlar albidan joy oldi. Shu bilan bir atorda, «Begonalar” filьmida Dildora, «Kelgindi kuyov”da Mexriyo, «Uubat”da ayol, «Yorim-bezorim”da kelin, «Tunbanlik”da Oʼituvchi, «Oʼyin”da ayol, «Seni sevdim”da Nodira, «Chashma”da kelin, «Erkak”da tadbirkor ayol, «Orzu ortida” filьmida bemor ayol, «Xotira rashki”da jurnalist, «Muabbatimsan”da Dildora, «Vijdon”da kelin, «Muruvvat”da makkora ayol, «Koʼrgilik” da amshira kabi bosh rollarni maromiga yetkazib ijro etdi. Sh.Tuxtaeva jamoat ishlarida am faol atnashib, oldiga oʼyilgan ar bir vazifaga jiddiy yondoshadi. U kelajagi porlo, isteʼdodli va serirra aktyorlardan biri. 2012 yil «Oʼzbekiston belgisi” koʼkrak nishoni bilan tadirlangan. U respublikamiz miyosida keng nishonlanib kelinayotgan Mustaillik va Navroʼz umumxal bayramlari va bosha koʼplab madaniy tadbirlarda boshlovchi va aktyor sifatida faol ishtirok etib kelmoda.