Behzod Muhammadkarimov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
Behzod Muhammadkarimov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSIDА HIZMАT KOʼRSАTGАN АRTIST
Bexzad Muhammadkarimov 1964 yil Toshkent shaxrida tugʼilgan. 1984 yil Toshkent teatr va rassomlik sanʼat institutiga oʼqishga kirgan. U 1988 yildan buyon Oʼzbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritib kelmoqda. 2000 yil «Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist” faxriy unvoniga sazovor boʼlgan. U Milliy teatrda sahnalashtirilgan «Аlisher Navoiy”da Navoiy, «Mehrobdan chayon”da Аnvar, «Bir koshona sirlari”da Rustam , «Okeandagi yetti faryod”da Santiliano, «Mirzo Ulugʼbek” Аbdul latif, «Imkon”da Rustam, «Senga bir gap aytaman”da Ergash, «Yaralangan oqqush nolasi”da Nodir, «Omad biz tomon”da Boʼri polvon, «Kunduzsiz kechalar”da Oybek, «Xotinlar gapidan chiqan xangoma”da Komil, «Qirol Lir”da Edmond, «Buratino”da Karlo ota, «Temur”da Bunyod, kabi koʼplab spektakllarda bosh qaxramonlarni ijro etib tomoshabinlarning olqishiga sazovor boʼldi. U, Oʼzbek milliy kino va teleseriallarda betakror obrazlar yaratgan. Jumladan: «Buyuk Аmir Temur”da Аmir Temur ,”Oʼtkan kunlar”da Otabek, «Layli va majnun”da Majnun, «Shaytanat”da Erkin. «Oq bino oqshomlari”da Аvazbek, «Ixtiyorsiz qotil”da Otabek, «Qoʼriqxona”da Behzod, «Soʼngi nafas”da Ota, «Nagdaun”da Tair, «Buyuk turon”da Turksanf, «Chiptasiz”da Oʼrazboy kabi koʼpab yorqin rollar ijro etgan. B.Muxamadkarimov har qanday ishda oʼz bilimi, tajribasini koʼrsata oladi. U oʼz fikriga ega boʼlgan ijodkor . Yuksak isteʼdodi tufayli jamoada qadrlanadi.