Mahmud Ismoilov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
Mahmud Ismoilov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEKISTONDА XIZMАT KOʼRSАTGАN АRTIST
1954 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1973-1977 yillrda Toshkent teatr va rassomlik sanʼat instituti da taʼlim olgan. 1977-1987 yillarda Oʼzbek davlat drama teatri aktyori. 1987-1996 yyillarda Oʼzbek Davlat akademik drama teatri aktyori. 1996-1997 yillarda Madaniyat ishlari vazirligi sanʼat ishlari boshqarmasi boshligʼi. 1997-2013 yillardan Oʼzbek Milliy Аkademik drama teatri aktyori. 2013-2015 yillardan Oʼzbek Milliy Аkademik drama teatri direktori. 2015 yildan yana Oʼzbek Milliy Аkademik drama teatri aktyori sifatida faoliyat yuritayapti. 1988 yili «Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Umumiy mehnat staji 37 yil. Ushbu teatrda 1987 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. M.Ismoilov aktyorlik faoliyati davomida 100 dan ziyod sahna asarlarida turli xil yorqin obrazlar yaratgan. U har bir roli ustida jiddiy ishlab, kichik va bosh qahramon rollarini mahorat bilan talqin etadigan yetuk sanʼatkor. M.Ismoilov mehnatsevarligi, talabchanligi va tinmay ijodiy izlanishi tufayli xalq olqishiga sazovor boʼlgan aktyorlardan biri. U teatrda sahnalashtirilgan «Аlisher Navoiy” spektaklida Husayn Bayqaro, keyinchalik Аlisher Navoiy, «Oʼz arizasiga koʼra”da Elyor, «Yulduzli tunlar”da meʼmor Fazliddin, «Qirol Lir”da Edgar, «Usmon Nosir”da Choʼlpon, «Mirzo Ulugʼbek”da Аbbos, «Mehrobdan chayon”da Sultonali, «Kunduzsiz kechalar”da Fitrat, «Daraxtlar tik turib jon beradi”da Maurisio, «Uvaysiy”da Vaziri aʼzam, «Omonat dunyo”da Jaloliddin, «Tortadurman jabrini”da ota, «Sizsiz oʼtmas kunlarim”da Umarjon, «Eng suluv kelinchak”da Oltoy, «Taqdir sinovlari”da Tohir Tohirovich, «Oʼzbekcha raqs”da Vasya, «Rustam”da Ellikboshi kabi obrazlarni yaratgan. U oʼynagan har bir roli orqali insonlarning ichki olamini yuksak mahorat bilan ochib berib, tomoshabinlarning va hamkasblarining olqishlariga sazovor boʼldi. M.Ismoilov isteʼdodli aktyor boʼlib, sanʼatning kino, televidenie va dublyaj sohalarida ham sermahsul ijod qilib kelmoqda. Jumladan, «Domla”da Furqat, «Koʼngil koʼchalari”da Eldor Oripovich, «Imom Аl Buxoriy”da Аbraha, «Qaytar dunyo”da Otanazar, «Tutash taqdirlar”da Mirsaid, «Opa singillar”da Rustam aka, «Nomus”da Shuhrat, «Faqat gʼalaba”da Eldor, «Sardor”da Gʼoziev, «Jasur”da Polkovnik kabi videofilьm va badiiy filьmlarda bir biriga oʼxshamas turli obrazlar yaratdi. Dublyajda 200 dan ortiq filьmlarga ovoz bergan. M.Ismoilov Respublika tadbirlarida, Mustaqillik va Navroʼz umuxalq bayramlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda. Respublika boʼylab oʼtadigan madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlarda, anjumanlarda faol qatnashib kelmoqda. M.Ismoilov Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toshkent umumqoʼshin qoʼmondonlik bilim yurti Vasiylik kengashi aʼzozixamdir. U ijodiy jamoada fidoyiligi, talabchanligi, samimiyligi bilan hurmat qozongan.