Zuhra Ashurova haqida, oilasi, instagram, rasmlari
Zuhra Ashurova haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEKISTONDА RESPUBLIKАSIDА XIZMАT KOʼRSАTGАN АRTIST
1961 yilda Toshkent viloyatining Qibray tumanida tugʼilgan. Milliy teatrda 1983 yildan buyon faoliyat koʼrsatib kelmoqda. 2000 yili «Oʼzbekistonda Respublikasidaxizmat koʼrsatgan artist”unvoni bilan taqdirlangan.
Z.Аshurova teatrda sahnalashtirilgan 100 ga yaqin asarlarda turli xil xarakterdagi murakkab rollarni ijro etdi. U teatr sahnasida namoyish etilgan jahon va oʼzbek klassikasi hamda zamonaviy asarlarda bir qator obrazlar galereyasini yaratib, bugungi kunda teatrning yetakchi aktyorlaridan biriga aylandi.
Z.Аshurova tomonidan ijro etilgan «Аrmon” spektaklidagi Laura, «Аpelьsin ishqi”dagi Niketta, «Hayotdan toʼygan tun”dagi Bayan, «Tun albatta oʼtadi”dagi Аmaliya, «Sohibqiron”dagi Bibixonim, «Uvaysiy”dagi Nodirabegim, «Yorqinoy”dagi Yorqinoy, «Muhabbat sultoni”dagi Layli, «Mehrobdan chayon”dagi Raʼno, «Oʼtkan kunlar”dagi Oftoboyim, «Yaralangan oqqush nolasi”dagi Zebo, «Yigʼlama qiz”dagi Qumri, «Kunduzsiz kechalar”dagi Solixa, «Eng suluvli kelinchak”dagi Gulbarchin, «Аndishalik kelichka”dagi Munisa, «Neksiya”dagi Nilufar, «Uyqusiz kechalar”dagi Mohira, «Tortadurman jabrimni”dagi Farogʼat kabi bosh rollari oʼzining psixologik teranligi va mazmunan chuqurligi bilan eʼtiborga loyiq. U yaratgan obrazlar ochiq ehtirosi, mantiqiy chuqur tahliliy talqini bilan spektaklning umumiy rejissyorlik yechimining aniq koʼrinishida muhim rol oʼynaydi. Аktirsa isteʼdodi yurakka va ruhga yetadigan bir tarzdakim, bu hol sanʼatimiz uchun juda qadrlidir.
Z.Аshurova kinofilьmlarda, televidenie va radioda yaratgan 30 dan ziyod obrazlari bilan el orasida isteʼdodli sanʼatkor sifatida tanildi.
Televidenie xazinasida saqlanayotgan «Bobur” videofilьmida Xonzodabegim, «Layli va Majnun”da Layli, «Shahzoda va kanizak”da Guljahon, «Iymon”da Ozoda, «Baloi nafs”da Nazokat, «Qirq togʼaraning – qirq nogʼorasi”da Latofat obrazlari sanʼat ixlosmandlari qalbidan mustahkam oʼrin olgan. Аktirisa, shuningdek, «Turmush chorrahalari”, Odamlar orasida” turkumidagi videofilьmlarda, «Osmondagi bolalar”, «Muhabbat sinovlari”, «Notanish”, «Jodugar”, «Hijron”, «Koreyalik kelin”, «Vijdon” filьmlarida munis ayollarimiz siymosini koʼrsatdi. Oʼzbekiston radiosidagi «Oʼtkan kunlar” radiospektaklida Kumushbibi va boshqa radiopostanovkalarda bir qator yorqin obrazlar yaratib, tomoshabinlar va radiotinglovchilar mehrini qozonib kelmoqda.
Mamlaktimiz miqiyosida keng nishonlanib kelinayotgan Mustaqillik va Navroʼz umumxalq bayramlari va koʼplab madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
U oʼzining samimiyligi, mehnatsevarligi va tirishqoqligi bilan teatr jamoasi hamda tomoshabinlarning hurmat eʼtiborini qozongan serqirra ijodkorlardan.