Demoton T  foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
Demoton T foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
💊Demoton T — ko’p vitaminlardan iborat dori preparati.
💊Infuziya uchun eritma . Ya»ni osmaga qo’shiladi.( Natriy xlor va glukoza)ga .
💊Dori shakli : infuziya uchun eritma — 10 ml
💊Tarkibi
10 ml ampula quyidagilarni saqlaydi👇.
⭐️Faol modda — 75 mg tiamin gidroxlorid (vitamin B1).
— Piridoksin gidroxlorid — 25 mg . ( vitamin B 6).
— Sianokobalamin ( vitamin B12) — 0,75 mg.
— Retinol palmitat ( vitamin A).
— Riboflavin ( vitamin B 2) — 10 mg.
— Nikotinamid— 125 mg
— Dekspantenol — 30 mg
— Ergokalsiferol va polisorbat 80 — 0.025 mg.
— Alfa tokoferol atsetat.
⭐️Yordamchi modda : Benzil spirti, polisorbat 80, ineksiya uchun suv.
💊Ta’sir qilishiga ko’ra : B guruh vitamin yetishmovchiligida, A va D guruh vitamin yetishmovchiligida. Polivitaminlar kompleksi.
anemiyaga qarshi.
💊Qo’llanilishi.
— B1, B6, B12 , A va E , D guruh vitaminlari organizmda yetishmovchiligida.
— Nerv sistemasi kasalliklarini simptomatik davolashda
— Periferik nerv kasalliklari, nevrit, nevralgiya, radikulitda
— Uchlik nerv faoliyati buzilishida, yuz nervi faoliyati buzilishida ( yuzning bir tomoni tortishib qolishi).
— Ensefalopatiyada ( diabetik , alkogol).
— Skleroz, nerv travmalarida.
— B 12 yetishmovchiligi anemiyasida.
— Miya faoliyatini yaxshilaydi
— Sinapslardan impulsni o’tishini yaxshilashda
— Modda almashinuvini normallashtirishda.
— Artrit, osteoartroz, revmatizm, revmatoid artritda buyuriladi.
— Tuberkulyozga qarshi vositalar bilan birga qollasa ham bo’ladi.
— Operatsiyadan oldin va operatsiyadan keyin.
— Me’da ichak kasalligida, yarali kolitda ( Yo’g’on ichak yarasida).
— Infeksion kasalliklardan keyin immunitetni oshirish uchun.
— Vitamin yetishmasligida, ovqatlanish buzilishida.
💊Qabul qilish usuli va dozasi
Demoton T faqat vena ichiga yuboriladi.
( Demoton B 12 esa faqat mushak ichiga yuborilardi, esda saqlang).
— 3 yoshdan 6 yoshgacha bolgan bolalarda — 2 ml ampula 100 ml 0,9 % natriy xlor eritmasida va 100 ml 5 % glukoza eritmasiga qoshiladi. ( Osmaga qo’shiladi).
— 6 yoshdan 12 yoshgacha bolganlarda 5 ml ampula 250 ml 0,9 % natriy xlor eritmasida va 250 ml 5% glukozaga qoshiladi. ( Osmaga qoshiladi).
— 12 yoshdan 16 yoshgacha bolgan bolalarda 5 ml 250 ml 0,9 % natriy xlor eritmasi va 250 ml 5% glukoza eritmasiga qoshiladi.( Osmaga qoshiladi).
— Kattalarda ham, ya»ni 16 yoshdan katta bolganlarda 10 ml va 20 ml ( 1 ta va 2ta ampula) dan 500 ml 0,9 % natriy xlor eritmasi va 500 ml 5% glukoza eritmasiga qoshiladi. ( osmaga qoshiladi).
💊Nojo’ya ta’siri
— Allergik reaksiya
—Taxikardiya ( kam xolatda).
— Aritmiya ( yurakning notekis urishi).
— Teri toshmalari,
— Anafilaktik shok
— Bosh aylanishi
— Ko’p terlash
— Qichima
— Eshakyemi ( teri kasalligi)
— Preparatni tez yuborganda sudorgi berish xolati kuzatilishi mumkin.
— Gipervitaminoz (A, B, D vitamin kopayib ketishi).
💊Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar.
— Preparatga yuqori sezuvchanlik bolganda
— Yurak yetishmovchiligida, yurak kasalligida
— 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda
— B1, B6, B12, A, D vitaminlari organizmda kop bo’lganida.( giper vitaminoz holarida).
— Gemofiliyada ( qon ketishi tezlikda to’xtamasligida).
💊ESLATMA: Homiladorlik va emizish davrida shifokor maslahati bilan. ( Xavfsizlik uchun).