Papaverin gidroxlorid foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

Papaverin gidroxlorid foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

💊Papaverin gidroxlorid — qon tomirlarni kengaytiruvchi ( spazmolitik) va og’riq qoldiruvchi vosita.

💊Papaverin gidroxlorid
#Papaverin gidroxlorid

💊Ta’sir etuvchi faol modda : papaverin gidroxlorid — 0, 020 g

💊Dori shakli : rektal shamchalar

💊Ta’sir qilishiga ko’ra:

— Spazmolitik ( qon tomirlarni kengaytirib qon bosimini tushiradi).

💊Qo’llanilishi:

— Silliq muskullar qisqarganda
— Yurak qon tomir qisqarganda
— Bosh miya qon tomirlar qisqarganda
— Bronxlar qisqarganda
— Stenokardiyada (majmuaviy davolash tarkibida) .

💊Qo’llash usuli va dozasi

Rektal, kattalarga 1 ta rektal shamchadan kuniga 2 -3 marta

💊Nojo’ya ta’siri:

— Allergik reaksiyalar
— Qon bosimi pasayishi
— qabziyat ( ich qotishi)
— Uyquchanlik

💊Qo’llash mumkin bo’lmagan xolatlar:

— Preparatga yuqori sezuvchanlik bo’lganda
— Glaukomada
— Og’ir buyrak yetishmovchiligida
— Bolalarda qo’llash mumkinmas

💊Maxsus ko’rsatma:

Davolanish paytida etil spirti qabul qilish mumkin emas.
Tamaki chekish ham bu preparatning tomirlarni kengaytirish xususiyatini pasaytiradi.

💊Dorixonalardan berish tartibi:

Retsepsiz

💊Eslatma:

Homiladorlikda ushbu preparatning xavfsizligi aniqlanmagan. Shifokor maslahati bilan qabul qilasiz.
Preparat bilan davolanish paytida emizishni to’xtatish kerak.