Nitroksolin foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

Nitroksolin foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

💊Nitroksolin — keng ta’sir doirasiga ega mikroblarga qarshi vosita.

💊Nitroksolin

💊Tasir etuvchi modda : nitroksolin — 50 mg.

💊Dori shakli:

tabletka

💊 Tasir qilishiga ko’ra :

Tizimli qo’llash uchun antibakterial vosita.

💊Qo’llanilishi :

— Asosan siydik chiqarish yo’llarining infeksion yallig’lanish kasalliklarida ( piyelonefrit, sistit, uretrit, epididimit)
— Prostata bezining infeksiyalangan adenomasi yoki karsinomasida.
— Buyrak va siydik chiqarish yo’llarining operatsiyasidan keyingi infeksion asoratlarni oldini olishda.

💊Qo’llash usuli va dozasi

— Ichga qabul qilinadi.Ovqatlanishgacha yoki ovqatdan keyin 1 — 2 soat o’tgach qabul qilgan afzal.

— Kattalar : o’rtacha sutkalik doza 400 mg ( sutkada 2 tabletkadan 4 marta). Zarurati bo’lganda sutkada 4 tabletkadan 4 marta qabul qilish mumkin.

— Yosh bolalarga : 5 yoshdan oshgan bolalarga sutkasiga 1 tabletkadan 4 marta

💊Nojo’ya tasiri

— ko»ngil aynish , qusish , diareya
— Jigar faoliyatining buzilishi
— Teri toshmalari
— Bosh ogrigi, bosh aylanishi
— Allergik reaksiyalar

💊 Qo’llashga qarshi ko’rsatma

— Preparatga o’ta yuqori sezuvchanlikda
— Katarakta
— Buyrak yetishmovchiligida
— Jigar yetishmovchiligida
— Xomiladorlik va emizish davrida
— Malabsorbsiyada