Bo‘y o‘stiruvchi dorilar

💊Bo‘y o‘stiruvchi dorilar haqida

—Odam bo‘yi asosan naysimon suyaklardagi o‘sish zonasi hisobiga o‘sadi.

—Bo‘y o‘sishini yagona — gipofizda ishlab chiqariladigan somatotrop gormoni ta’minlaydi.

Ba’zan internet saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda bo‘y o‘stiradi deb, BAD(Biologik aktiv qo‘shimcha)larni yoki Vitamanlarni qo‘yib qo‘yishadi. Yana tagiga yozib qo‘yishadi, 25 yoshdan keyin 10-15 sm ga o‘stiradi deb.

—Bu yolg‘onlarga ishonmang, vitamin yoki bad hech qachon bo‘yni o‘stirmaydi.
—Bo‘yni o‘sishi 18-20 yoshgacha davom etadi, undan keyin ko‘pi bilan 3 sm ga o‘sishi mumkin xolos.

Bo‘y o‘sishiga faqat somatotrop gormoni ta’sir qiladi:

💊Somatotropin
💊ZPtropin
💊Gumanis
💊Hygetropin

❗️Eslatma: Yuqoridagi dorilarni faqat vrach endokrinolog tavsiyasi bilan qo‘llang! 18 yoshdan keyin qo‘llanganda Akromegaliya kasalligiga sabab bo‘ladi.