Ixtiol maz foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
💊Ixtiol maz — mahalliy og’riq qoldiruvchi va antiseptik vosita
💊Chiqarilish shakllari: 10 % va 20 % dozada. 20 gr, 25 gr , 30 gr va 40 gr og’irlidagi massada chiqadi.
💊Dori shakli : maz ( surtma)
💊Tarkibi :
⭐️Faol modda : Ixtiol
⭐️Yordamchi modda: Tibbiyot vazelini va parafin
💊Ta’sir qilishiga ko’ra:
Antiseptik, dezinfeksiyalovchi,yallig’lanishga qarshi va mahalliy og’riq qoldiruvchi vosita.
💊Qo»llanilishi
— Teri kasalliklarida
— Kuyishda
— Saramasli yallig’lanishda
— Yallig’lanishda ( qizarish ,shish, og’riq)
— Ekzemada
— Terining yiringli jarohatlanishida
— Furunkulyozda( yiringli yara) da.
— To’qimalarni tiklanishida yordam beradi.
— Sovuq urishida
— Mastitda
— Absesslarda
— Oyoq orasi yalliglanishida
— Qon mikrosirkulyatsiyasini yaxshilaydi.
— Toshmalarda
💊Qo’llash usuli va dozasi
Jarohatlangan joyga , shikastlangan sohaga yupqa qilub surkaladi. Sutkasiga 1 — 2 marta.
💊Nojo’ya ta’siri
Allergik reaksiya bolishi mumkin.
Biroz qon bosimi oshadi ( xavfsiz).
💊Qo’llash mumkin bo’lmagan holat:
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bolganda
— 12 yoshdan kichik bolalarda qo»llab bolmaydi.
— Homiladorlikda homilaga yaqin sohada qo’llash mumkinmas.