A’mash Ibrohim Nahai to’g’risida shunday deydi: Ibrohim hadislarning sarrofi edi”
Qozi bo’lmaslik uchun Hajjoji Zolim vaqtida bir muddat yashirinib yurganlar. Ibrohim Nahai tamoman fiqh muhitida katta bo’ldilar. Tog’alari Alqama faqeh bir inson edilar, u zotning o’g’illari ham fiqh olimlari edi.
Hanafiy mazhabidan diniy hukmlar Ashobi kiromdan Ibni Mas’ud r.anhu boshlagan yo’l bilan maydonga chiqarilgandir. Imom A’zam Abu Hanifa r.alayh Hammoddan, Hammod Ibrohim Nahaidan, Ibrohim Nahai Alqamadan , Alqama Ibni Mas’ud r.anhudan , Ibni Mas’ud r.anhu Sarvari Koinot Mavjudoti Mahluqotning sayyidi Muhammad s.a.v dan ilm o’rgandir.