💊Metrid — tarkibi metronidazol bolgan antibiotik.
# Метронидазол флакон ( осма ).
# Metronidazol flakon ( osma).
💊Dori shakli : Infuziya uchun eritma ( flakon osma).
💊Tarkibi : 👇
⭐️Ta’sir etuvchi faol modda : metronidazol — 100 ml eritma 500 mg metronidazol saqlaydi
⭐️Yordamchi modda : Natriy xloridi va ineksiya uchun suv.
💊Ta’sir qilishiga ko’ra : Bakteriyalarga va protozoylarga ( zamburugli kasalliklarga) qarshi vosita. Antibiotik.
💊Qo’llanilishi
— Bakterial kasalliklarda
— Ichak, qindagi, jigar , teri va buyrak a’zolaridagi bakterial kasalliklarda
— Markaziy nerv infeksiyalarida
— Meningitda
— Pnevmoniyada
— Bakterial endokardit
— Miya absessi ( miyada yiring bolishi).
— Qorin bo’shligi infeksiyalarida
— Peritonitda, jigar abssesida
— Bachadon va tuxumdondagi absseslarda
— Teri va yumshoq to’qimalardagi infeksiyada, sepsisda
— Helikobacter pylori bilan bogliq bo’lgan me’da va 12 barmoq ichak yarasida
— Operatsiyadan keyingi asoratlarni ( yo’g’on ichak, to’gri ichak , appendektomiya ( ko’richak) , ginekologik operatsiyalar) oldini olishda.
— O’pka empiemasida ( o’pkada yiring bo’lishi) holatida.
— Buyrak shamollashi va buyraklar faoliyati buzilganda.
💊Qo’llash usuli va dozasi
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga vena ichiga tomchilab ( osma ) yuboriladi. Yuborilish davomiyligi 30 — 40 minut.Davolash kursi 7 kun.
12 yoshdan kichik bolalarga shifokor maslahati bilan.
💊Nojo’ya ta’siri
— Ko’ngil aynish , qusish
— Ichak sanchig’i
— og’izda metall ta’mi
— Og’iz qurishi
— Stomatit
— Bosh aylanishi, bosh ogrigi, Xolsizlik, uyqusizlik
— Teri toshmasi, burun bitishi
— Siydikni qizil jigarrang rangda ajralishi
— Sistit
— Ineksiya qilingan joyda qizarish , og’riq
— EKG da T tishini tekislanishi.
— Tirishish
💊Qo’llash mumkin bolmagan holatlar:
— Preparatga yuqori sezuvchanlik bolganda.
— Tutqanoqda ( epilepsiyada).
— Nerv sistemasi shikastlanganda
— Jigar yetishmovchiligida ( katta dozada).
— Homiladorlik va emizish davrida
— Spirtli ichimliklarni ichgan vaqtda qabul qilish
— Leykopeniyada ( leykotsitlar qonda kamayib ketganda).
💊ESLATMA : Metronidazol, metrid, metrogil, balgil kabi osmalarning tarkibi bir xil. Xalq orasida kopincha metrid oldim yoki metrid osma olishim kerak degan so’zlar bor. Quyidagi preparat ☝️shu haqida.
Yana bir muhim ma’lumot metrid, metrogil, metronidazol, balgil kabi osmalarga hech narsa qo’shilmay o’zi yuboriladi.