Geparin ampula — Ineksiya uchun eritma
💊Geparin ampula — Ineksiya uchun eritma. Antikoagulyant vosita. Tromb hosil bolishiga qarshi , qon suyultiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
💊Chiqarilish dozasi — 1 ml va 5 ml ampulada
#Гепарин ампула
#Geparin ampula
💊Dori shakli : ineksiya uchun eritma.
💊Tarkibi :
⭐️Faol modda: Geparin natriy — 5000 XB
⭐️Yordamchi modda : Benzil spirti, natriy xlorid, ineksiya uchun suv.
💊Ta’sir qilishiga ko’ra :
Antikoagulyant
💊Qo’llanilishi
— Chuqur venalar trombozi
— O’pka arteriyasining tromboemboliyasi
— Koronar arteriyalarning trombozida
— Nostabil stenokardiyada
— O’tkir miokard infarktida
— Xilpillovchi aritmiyada
— DVS sindromida
— Mikrotromblar hosil bolganda va mikrosirkulyatsiyani yaxshilash uchun.
— Buyrak venalarining trombozida
— Yurak mitral porokida
— Bakterial endokarditda
— Glomerulonefritda
— Yugurikli nefritda
— Qon quyuqlashib ketganda, suyultirish uchun .
— Qon aylanishini yaxshilash uchun.
💊Qabul qilish usuli va dozasi
Vena ichiga yuboriladi. Yoki 0,9 % natriy xlor osmasini ichiga qo’shiladi yoki teri ostiga , ya’ni qorin sohasiga ineksiya qilinadi.Yuborish joyini har doim o’zgartirish lozim, har gal bir joyga ineksiya qilinsa gematoma rivojlanishi mumkin. Har 8 — 12 soat vaqt oraligida bitta ineksiyani ( 1 ta ampula) amalga oshirilishi kerak.
💊Nojo’ya ta’siri
— Eshakyemi, rinit, terini qichishishi, oyoq tagidagi qizish xissi.
— Bosh aylanishi, bosh ogrishi, ko’ngil aynish, qusish, ishtaha pasayishi, diareya
— Yuborish joyida og’riq, qon quyilish, yaralanish , qon ketish,
— Meda ichak yollaridan va siydik ayirish sistemasidan qon ketishlar.
— Yuborish joyida qon ketishlar
— Va boshqa azolarda qon quyilishlar kuzatilishi mumkin ( sababi qon suyulib ketadi).
💊Qo’llash mumkin bolmagan holatlar :
—Preparatga yuqori allergik reaksiya bolganda
— Qon kop ketadigan kasallillari bor bemorlarda .
— Gemofiliyada ( qon kop ketishi, to’xtamasligi).
— Vaskulitda ( qon kop ketadi).
— Qon bosimi baland bemorlarga
— Anevrizmalarda
— Me’da ichak yolining eroziv yara kasalligida
— Jigar sirrozida
— Xayz ko’rish davrida
— Tug’ruq yaqin qolgan vaqtida
— Orqa miya punksiyasidan keyingi holatda
— Xomiladorlik va emizish davrida qollash mumkin emas.
— Mushak ichiga yuborish mumkin emas. Chunki gematoma hosil bolishi mumkin.
💊ESLATMA : Geparinni qon bosimi baland bemorlarda , qandli diabeti va bronxial astma kasalligi bor bemorlarga ehtiyotkorlik bilan shifokor nazorati ostida va shifokor maslahati bilan qollash tavsiya etiladi.
Geparinni shifokor maslahati va nazorati ostida qabul qiling.