💊Kalsiy glyukonati — allergik holatlarga qarshi va shamollash holatlarida qabul qilinadigan dori preparati.
#Кальций глюконат ампуаси
#Kalsiy glyukonat ampulasi
💊Dori shakli : Ineksiya uchun eritma — 10 % li , 5 ml va 10 ml ampulalarda chiqariladi.
💊Tarkibi :
⭐️Faol modda : Kalsiy glukonati, kalsiy levulinat digidrati, kalsiy d — saxarati.
⭐️Yordamchi moddalar : Xlorid kislotasi, ineksiya uchun suv.
💊Ta’sir qilishiga ko’ra : Mineral preparat.
💊Qo’llanilishi
— Qalqonsimon bezi oldi bezining faoliyati yetishmovchiligida
— Organizmdan kalsiyning ko’p chiqib ketishida
— Uzoq muddatli suvsizlanishda
— Eshakyemi kasalligida
— Angionevrotik shishda
— Gemorragik vaskulitda
— Nefritda
— Kaliyning organizmda ko’payib ketishida
— Terining qichish holatida
— Qon ketishini to’xtatuvchi vosita sifatida
— Shamollaganda , a’zolar shamollashi holati kuzatilganda
— Suyaklar shakllanishida
— Allergiyaga qarshi
— Yalliglanishga qarshi
💊Qabul qilish usuli va dozasi
Vena ichiga va mushak ichiga yuboriladi. Yuborishdan oldin ampula tana haroratigacha isitiladi. Preparatni juda sekin yuborish kerak. Ko’pincha vena ichiga yuboriladi ( sekin). Bolalarga nekroz rivojlanishi ehtimoli bo’lganligi sabab , mushakka ineksiya qilinmaydi. Bolalarga vena ichiga 1 ml dan, 5 ml gacha yuborish mumkin.( Mushakka yuborilmasin).
💊Nojo’ya ta»siri
— Ko»ngil aynish , qusish
— Diareya
— Bradikardiya
— Og’iz bo’shligida va butun tanada qizish xissi bo’lishi mumkin. ( Tezda o’tib ketadi).
💊Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
—Organizmda kalsiy ko’p bo’lganda
— Yaqqol namoyon bo’lgan aterosklerozda
— Qon ivishining kuchayishida qo’llash mumkin emas.
— 3 yoshdan kichik bolalarga tavsiya qilish mumkin emas.
— Og’ir buyrak yetishmovchiligida
— Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas
— Tromboz holatlarida
— Tana harorati ( isitma) baland bo’lganda qabul qilish mumkinmas.
💊 Preparatni homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin. Shunday bo’lsa ham shifokor maslahati bilan qabul qiling. ( xavfsizlik uchun).
Xalq orasida kalsiy glyukonati ni ,, issiq ukol » ham deydi.