Portugal xalq maqollari va matallaridan
Portugallar – Pireney yarimorolining gʻarbida yashovchi, Portugaliyaning tubjoy xalqi. Umumiy nufusi 31,2 milliondan ortiqroq. Asosiy qismi portugal tilida, bir qismi miranda tilida soʻzlashadi.
- Ayrimlar ehson qilsa-da boyiydi, baʼzilar oʻgʻirlasa-da kambagʻallashadi.
- Bilim joy egallamaydi.
- Butunicha yutilgan luqma – boy berilgan taʼm.
- Boʻsh kalla – shaytonning ishxonasi.
- Gʻiybat koʻmirga oʻxshaydi, kuydirmasa, qorasi tegadi.
- Dangasa hamisha yoʻqchilikda yashaydi.
- Ijaraga olingan ot charchamaydi.
- Kambagʻallikda oʻzingni yerga urma, boyib ketsang – magʻrurlanma.
- Katta hamdardlikdan kichkina yordam yaxshi.
- Muhabbat oyga oʻxshaydi – kattalashmasa, kichrayadi.
- Nonsiz uyda hamma javraydi, lekin hech kim haq boʻlmaydi.
- Odamlar yashagani uchun emas, yashamagani uchun tez qariydilar.
- Oqib ketgan suvlar tegirmonni aylantirmaydi.
- Pul bor uyda faqat bitta gʻaznachi boʻlishi kerak.
- Tinch suvda yaxshi dengizchilar tarbiyalanmaydi.
- Toʻgʻrilik – boshqalarda boʻlishi istaladigan fazilatdir.
- Toʻq qorin ilm izlamaydi.
- Uylangan uyli boʻlishni istaydi.
- Hikoya soʻzlovchi oʻzidan bitta nuqta boʻlsa-da qoʻshadi.
- Choʻloqni tutishdan yolgʻonchini tutish osonroq.
- Yaxshi shogird ustozi yoʻqligida bilinadi.
Orif Tolib tarjimasi
oriftolib.uz