Telegram’da bir telefon raqamidagi ma’lumotlarni boshqasiga o‘tkazish
#bilasizmi #telegram #maslahat
Telegram’da bir telefon raqamidagi ma’lumotlarni boshqasiga o‘tkazish (https://telegra.ph/file/287c64654ec3ce66efa87.png)📲🔃
Yangi telefon raqamini xarid qildingiz deylik, biroq eski raqamingiz orqali ulangan Telegram-akkauntingizda kerakli suhbat, guruh, superguruh yoki kanallaringiz mavjud va ularda keltirilgan ma’lumotlaringizni yo‘qotishni istamasligingiz tabiiydir.
Bunday vaziyatda Siz joriy akkauntingizni yangi raqamingizga yo‘naltirib olishingiz mumkin. Buni Android, iOS va Telegram’ning shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan platformalarida amalga oshirish mumkin.
🖥 Telegram Desktop’da raqam almashtirish oynasiga: Настройки -> Изменить профиль orqali o‘tiladi, keyingi harakatlar ketma-ketligi smartfonlar uchun mo‘ljallangan platformalardagiga o‘xshashdir.
📱Smartfoningizda raqamni o‘zgartirish uchun Sozlamalar (Settings, Настройки) menyusiga o‘tib, telefon raqamingizni ustiga bosgan paytingizda Raqamni almashtirish (Change number, Сменить номер) oynasi yuzaga keladi. Ushbu bo‘limning ostida keltirilgan Raqamni almashtirish (Change number, Сменить номер) tugmasiga bosish orqali (keyingi oynada keltirilgan ma’lumotni “O‘zgartirish” (Change, Изменить) tugmasi orqali tasdiqlab) yangi raqamni kiritish oynasiga o‘tishingiz mumkin.
Buning eng muhim jihati esa – barcha ma’lumotlaringiz avvalgidek siz bilan qolishidir! 😉
📝 Manba: @ITexnologiyalar
📌 P.S.: Ushbu sozlamadan xabaringiz bormidi, hech foydalanib ko‘rganmisiz?