Sermin flakon ( osma ) — kuchlantiruvchi va immunitetni oshiruvchi
💊Sermin flakon ( osma ) — kuchlantiruvchi va immunitetni oshiruvchi samarali vosita.
💊Sermin flakon ( osma) — kuchlantiruvchi vosita.
💊Chiqarilish dozalari — 100 ml flakon, 250 ml va 500 ml flakon idishda chiqadi.
#Sermin osma ( flakon)
#Сермин осма ( флакон).
💊Dori shakli : Vena ichiga yuborish uchun eritma ( osma ).
💊Tarkibi : 👇
Aminokislotalar . Barcha aminokislotalarni o’zida saqlaydi.
— Prolin
— Serin
— Alanin
— Izoleysin
— Leysin
— Asparagin kislota
— Tirozin
— Glutamin kislota
— Fenilalanin
— Arginin
— Lizin
— Valin
— Treonin
— Gistidin
— Triptofan
— Metionin
— Sistin
— Glitsin kabi aminokislotalarni o’zida saqlaydi.
Sorbitol moddasini ham o’zida saqlaydi.
💊Ta’sir qilishiga ko’ra :
Parenteral oziqlantirish uchun vosita. Kuchlantiruvchi dori preparati.
💊Qo’llanilishi
— Organizmning oqsil yo’qotilishini oldini olishda va davolashda
— Xushsiz xolatda yoki koma holatida ovqat qabul qilish imkoni bo’lmaganda
— Odatdagi oziqlantirishni istisno qiluvchi nevrologik va ruhiy kasalliklarda
— Intoksikatsiyada, yuqori harorat, davomli diareya sindromi, nospetsifik yarali kolitda
— Nefropatiyada
— OITS infeksiyasida
— Transplantatsiyada
— Oqsil energetik yetishmovchilikda
— Kaxeksiyada
— Bosh miya jarohatlarida ( juda sekin yuborish kerak).
— Jigar sirrozida qo’llaniladi ( sekin yuboriladi).
— Jismoniy mehnatdan charchagan holatlarda va holsizlikda qabul qilinadi.
— Kam kuchlikda .
💊Qabul qilish usuli va dozasi
⭐️Katta larga 250 ml lik ( 1 ta flakon ) quyiladi.
⭐️Yoshi kichiklarga 100 ml lik ( 1 ta flakon ) quyiladi.
500 ml lik flakonini bitta odamga quyish kerakmas. Kuchlilik qiladi. Orada bir kun yoki 2 kun qoldirib ( kunora) bitta flakonni 2 ga bo’lib ( 250 ml dan quysa bo’ladi).
💊Nojo»ya ta’siri
— Shishlar
— Mochevinani oshishi.
— Noto’g’ri yuborilganda isitma paydo bo’lishi.
— Yuborilgan joyda yallig’lanish.
— Flebit va tromboz.
— Yuborilganda issiqlik hissi va eritema kabi mahalliy reaksiya kuzatilishi.
— Ko’ngil aynish , qusish ( kam xollarda).
— Ko’krak sohasida yoqimsiz hislar .
— Taxikardiya
— Et uvishishi, qizib ketish
— Bosh og’rishi kuzatilishi mumkin.
💊Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
— Aminokislotalar almashinuvi buzilishi
— Anuriya ( siyaolmaslik ) holatida.
— Jigar komasida
— Og’ir darajadagi buyrak va jigar yetishmovchiligida.
— Uremiyada mumkin emas.
— Yurak yetishmovchiligida.
💊ESLATMA: Homiladorlik va emizish davrida shifokor maslahati bilan qabul qiling.
— Sermin preparatiga qo’shimcha qilib ichiga hech narsa qo’shilmaydi.
— Preparatni juda sekin yuborish kerak.
— Preparatni qabul qilishdan oldin 3 — 4 kun glukoza osma sini olish kerak. ( Glukoza osmasiga 40 % lik glukoza ampulasini , askorbinka , kokarboksilaza qo’shib keyin oxirida sermin flakonini qabul qilish kerak) .Serminni o’zini birdan qabul qilsa organizmga kuchlilik qilishi mumkin.
— Sermin , selemin , infuzol , riportan, amino — s, aminoselemin , kabi preparatlar tarkibi va ta’siri bir xil.