Baktazon — antibiotik vosita.

💊Baktazon — antibiotik vosita.

#Baktazon antibiotik
#Бактазон антибиотик

💊Dori shakli :

Eritma tayyorlash uchun kukun ko’rinishida.

💊Tarkibi:

Sefoperazon , sulbaktam

Sefaprazon — 1,0 gr .
Sulbaktam — 0,5 gr .

💊Ta’sir qilishiga ko’ra :

Antibakterial , antibiotik.

Sefalosporinlar guruhining 3 — chi avlodi.

💊Qo’llanilishi

— Mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyalarda
— Nafas a’zolari infeksiyasi ( bronxit, pnevmoniya va boshqalar).
— Qorin bo’shlig’i infeksiyalarida
( peritonit, xolesistit, xolangit).
— Siydik yo’li a’zolari infeksiyalarida.
— Septitsemiya
—Meningitda
— Teri va yumshoq to’qima infeksiyalarida
— Suyak va bo’g’im infeksiyalarida.
— Kichik chanoq a’zolari yallig’lanishida.
— Endometritda ( bachadon infeksiyasida).
— Gonoreyada va boshqa jinsiy organlar infeksiyasida.
— Sepsis da.

💊Qo’llash usuli va dozasi

Mushak ichiga va vena ichiga yuboriladi. Maksimal sutkalik qabul qilish dozasi 4 g .Sutkada qancha qabul qilishni kasallik holatiga qarab shifokor belgilaydi.

💊Nojo’ya ta’siri

—Ko»ngil aynish ,qusish
— Bosh og’rig’i
— Teri toshmasi va teri qichishish xolati.
— Qonda leykotsitlar kamayishi ( leykopeniya).
— Gemoglobin va gematokrit ko’rsatkich tushib ketishi.
— Qon bosimi tushishi
— Vaskulit
— Gematuriya
— Ineksiya qilingan joyda og’riq ( mahalliy).
— Flebit.
— Diareya

💊Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.
— Homiladorlik va emizish davrida.

💊ESLATMA : Sefobaktam, zetron, sefaperazon sulbaktam , baktazon kabi antibiotiklarning tarkibi sefoprazon sulbaktam hisoblanadi.